Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati U.Haydarov tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasining Pastki dala hovli hududida o‘rdakchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishni boshlayotgan ayol tadbirkorning faoliyati, unga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda mavjud muammolari o‘rganildi.
➡️O‘rganish davomida tadbirkor tomonidan faoliyatni yo‘lga qo‘yish jarayonida o‘rdaklar uchun yem mahsulotlari yetishmayotgani asosiy muammo sifatida bildirildi.
➡️Mazkur masalani hal etish yuzasidan mahalla raisi bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, tadbirkorni zarur yem mahsulotlari bilan ta’minlashga ko‘maklashish belgilandi.
✅Muammoni o‘z vaqtida bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalasi deputatlik nazoratiga olindi.