Bandixon tumanida deputat tashabbusi bilan «5 000 qadam» salomatlik aksiyasi o‘tkazildi
Bandixon tumanida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ommaviy sportni rivojlantirish hamda jismoniy faollikni aholi kun tartibining doimiy qismiga aylantirish borasida tizimli targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 1-“Bandixon” saylov okrugi deputati H.A.Abdimo‘minov barcha yoshdagi aholi vakillarini qamrab olgan holda «5 000 qadam» salomatlik aksiyasida ishtirok etdi.
Tadbirda deputat, mahalla nuroniylari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari piyoda yurish marafoni orqali sog‘lom hayot tarzining afzalliklarini namoyish etishdi. Muloqotlar chog‘ida har kuni kamida 5 ming qadam piyoda yurish inson salomatligini mustahkamlash va ish qobiliyatini oshirishning eng samali va hammabop usuli ekanligi ta’kidlandi. Bu kabi ommaviy sport tadbirlari tumanning barcha mahallalarida izchil davom ettiriladi.