Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

24-BAND IJROSI: SESSIYAOLDI O‘RGANISH — 18-SONLI DAVLAT BOG‘CHASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI

24-BAND IJROSI: SESSIYAOLDI O‘RGANISH — 18-SONLI DAVLAT BOG‘CHASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI
📍 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati masalasi yuzasidan sessiyaoldi o‘rganish ishlari davom etmoqda.
🏫 Mazkur yo‘nalishda Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Altibayeva tomonidan Buyuk Turon MFY hududida joylashgan 18-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida ta’lim tashkilotidagi isitish uchun foydalaniladigan pechlar yaroqsiz holatda ekani aniqlandi.
⛏️ Shuningdek, tashkilotga ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berilgani ko‘zdan kechirildi. Biroq mavjud isitish qurilmalarining texnik holati kuz-qish mavsumini xavfsiz va barqaror o‘tkazish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishni talab etmoqda.
⚠️ Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda isitish tizimini tartibga keltirish, yaroqsiz pechlarni ta’mirlash yoki almashtirish hamda mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tegishli choralar belgilanishi lozim.
📌 Sessiyaoldi o‘rganishlarning asosiy maqsadi — mavjud muammolarni joyida aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha aniq takliflarni sessiyaga olib chiqish.🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! 

Slide 1 of 2