Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

BIRIKTIRILGAN TASHKILOT VA DOIMIY KOMISSIYA HAMKORLIGI

BIRIKTIRILGAN TASHKILOT VA DOIMIY KOMISSIYA HAMKORLIGI
📍 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Pardayev tomonidan deputatga biriktirilgan tashkilot — “Samarqand hududiy filiali” Pastdarg‘om tuman elektr ta’minoti korxonasi faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida elektr ta’minoti sohasidagi mavjud holat, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, murojaatlar bilan ishlash hamda hududda elektr ta’minotini yaxshilash bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
🤝 Shuningdek, doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilashga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Deputatlik nazorati — aholi murojaatlarini o‘rganish, muammolarni aniqlash va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning yechimini izlashga qaratilgan.

Slide 1 of 2