Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

 ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
🔎 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-fevraldagi 59-son qarori — “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va ushbu yo‘nalishda davlat organlari hamda tashkilotlari hamkorligini samarali tashkil etishni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari boshlandi.
📋 O‘rganish jarayonida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy holatiga e’tibor qaratilmoqda.
🔍 Jumladan:
▪️ iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish holati;
▪️ iste’molchilarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish;
▪️ murojaatlar bo‘yicha ko‘rilayotgan amaliy choralar;
▪️ iste’molchilar huquqlari buzilishining oldini olish;
▪️ davlat organlari va tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik;
▪️ aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar o‘rganilmoqda.
📊 Maqsad — iste’molchilarning huquqlarini amalda ta’minlash, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va aniqlangan muammolarning qonuniy yechimini ta’minlash.
🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Slide 1 of 4