DEPUTATLIK NAZORATI: ISHCHI GURUH SHAKLLANTIRILDI
📋 Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori talablarining tumandagi ijrosini o‘rganish va mavjud holatni tahlil qilish maqsadida deputatlar ishtirokida ishchi guruh shakllantirildi.
🔎 Ishchi guruh tomonidan tumandagi tashkilot va muassasalarda:
▪️ fuqarolar va yuridik shaxslar murojaatlarini qabul qilish va ro‘yxatga olish;
▪️ murojaatlarni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish;
▪️ murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning to‘liq va xolis o‘rganilishi;
▪️ murojaatlar bo‘yicha berilgan javoblarning asoslantirilganligi;
▪️ shaxsiy, sayyor va ommaviy qabullarni tashkil etish;
▪️ murojaatlar ijrosini nazorat qilish;
▪️ takroriy murojaatlar va tizimli muammolarni aniqlash holati o‘rganiladi.
📝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar, ularning sabablari hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqiladi.
🎯 Maqsad — murojaatlarni shunchaki ko‘rib chiqish emas, balki fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechimini ta’minlash.