Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Parchaqara” MFY hududidagi 24-QVPda muhim loyiha amalga oshirildi

 “Parchaqara” MFY hududidagi 24-QVPda muhim loyiha amalga oshirildi

“Parchaqara” MFY da joylashgan 24- OSHP hududida tashabbusli byudjet asosida 1,5 milliard so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.

Ushbu muhim loyiha bilan xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman deputati N.Dusmurodov yaqindan tanishib, qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Deputat tomonidan olib borilayotgan ishlar sifati, belgilangan muddatlar va aholi uchun yaratiladigan sharoitlar xususida mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

📈Mazkur loyiha mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, fuqarolar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratishga xizmat qiladi. Eng muhimi, ushbu qurilish ishlari aholining tashabbusi va faolligi natijasida amalga oshirilmoqda.

🛣Bunyodkorlik ishlari barcha belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z vaqtida yakunlandi.

Slide 1 of 6