Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Sabura Normetova, Yunusobod tuman hokimligi hamda “Fortuna Kommunal Servis Group” boshqaruv kompaniyasi hamkorligida “Sobirobod” MFY hududidagi 9-mavze, 6-uy, 2-podyezdda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
➡️Ta’mirlash ishlari doirasida podyezdlarning umumiy holatini yaxshilash, devor va shiftlarni ta’mirlash hamda ichki foydalanish joylarini obodonlashtirish bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
✅Mazkur ishlar aholi uchun qulay, ozoda va shinam yashash muhitini yaratish, ko‘p qavatli uylarning umumiy foydalanish joylarini munosib holatga keltirishga qaratilgan.
👉Deputatlik nazorati va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan bunday amaliy ishlar mahallalarda obodonlashtirish hamda fuqarolar murojaatlarini hal etishga xizmat qilmoqda.