Tuman Kengashi kotibiyati mudiri X.Sultonov "Yo‘ldosh Ohunboboyev" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi I.R‘uziboyev bilan birgalikda mahallada amalga oshirilgan obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlari bilan tanishdi.
Ma’lumki, "Yo‘ldosh Ohunboboyev" MFY "Ochiq budjet" (Open Budget) loyihasining 2-mavsumida g‘olib deb topilgan edi. Ushbu loyiha doirasida mahalla ko‘chalariga asfalt yotqizish ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
O‘rganish davomida kotibiyat mudiri X.Sultonov bajarilgan asfaltlash ishlarining sifati, belgilangan me’yorlarga mosligi hamda amalda bajarilgan ishlarning tegishli hujjatlari va hisobotlari bilan atroflicha tanishib chiqdi.
Aholi tashabbusi bilan infratuzilmasi yaxshilanayotgan hududlarda ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash borasidagi nazorat tadbirlari davom etmoqda.