Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining 561-son qarori asosida xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish hamda zo‘ravonlik holatlarining oldini olish masalalari muhokama qilindi.
🔎 Shuningdek, xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, muammoli oilalarni aniqlash, ularga huquqiy va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish hamda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.