Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#munosabat

🔰#munosabat

➡️Milliy sertifikat imtihonlarida yangi tartib — abituriyentlar uchun muhim yangilik

🔹Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda hududlar kesimida ajratilgan o‘rinlar inobatga olinishi belgilangani ta’lim jarayonini yanada tartibli tashkil etishga xizmat qiladi.
🔹Biroq ajratilgan o‘rinlar ariza qabul qilish muddati tugamasidan avval to‘lib qolishi mumkinligi sababli, abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish jarayonini kechiktirmasligi muhim.
🔹Mening fikrimcha, bunday o‘zgarishlar haqida yoshlar va ularning ota-onalarini oldindan keng xabardor qilish, ro‘yxatdan o‘tish jarayonida qulaylik va shaffoflikni ta’minlash alohida ahamiyatga ega.
🔹Yoshlarning bilim va salohiyatini munosib baholash — ta’lim sifatining muhim mezonidir.

Habiba Karayeva,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt