Kengash raisi B. Ochilov va Kengash kotibiyat mudiri F. Xolmuratova tomonidan Shombuloq mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-330-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida mazkur qaror doirasida hududda amalga oshirilayotgan ishlarning amaldagi holati, belgilangan vazifalarning ijrosi, mavjud muammolar hamda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarning natijadorligi ko‘rib chiqildi.
📍 Shuningdek, joyiga chiqqan holda amalga oshirilgan ishlar holati o‘rganilib, mas’ullar bilan mavjud masalalar yuzasidan fikr almashildi.
📌 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli taklif va vazifalar belgilandi.