35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

YOSHLAR O‘RTASIDA HUQUQIY TARG‘IBOT

 Payshanba — Yoshlar kuni doirasida mahalliy Kengashga biriktirilgan 162 ta qonun bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Andijon shahar 3-son texnikumida yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Suhbat davomida jinoyatga jazo muqarrarligi, yoshlarning turli huquqbuzarliklarga aralashib qolishining oldini olishda oila, ta’lim muassasasi va jamoatchilikning hamkorligi muhim ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, yoshlar bugungi kunda ular uchun yaratilayotgan ta’lim olish, kasb-hunar egallash, bandligini ta’minlash va o‘z qobiliyatlarini namoyon etish imkoniyatlaridan samarali foydalanishga chaqirildi.

Uchrashuv davomida yoshlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy bilimlarini oshirish hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Slide 1 of 2