Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Azimova G. tomonidan “Hamkorobod” mahallasida yashovchi nogironligi bo‘lgan fuqarolardan hol-ahvol so‘ralib, ularning yashash sharoitlari va mavjud ehtiyojlari o‘rganildi.
🤝 Muloqot davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, zarur xizmatlardan foydalanish va mavjud muammolarni hal etish masalalariga e’tibor qaratildi.
📌 Mazkur ishlar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-son qarori asosida o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning yashash sharoitlari va ijtimoiy muhofaza choralari o‘rganilishi nazarda tutilgan.
👩💼 Deputat tomonidan aniqlangan ehtiyojlar yuzasidan tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.
Bizni kuzatishda davom eting!