O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–547, 02.07.2019-yil) shaxsga doir ma’lumotlar bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi hamda fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini belgilaydi.
🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Ibragimov Y. tomonidan “Qo‘shchinor” mahallasi fuqarolari bilan mazkur Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish va suhbat o‘tkazildi.
📌Suhbat davomida shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi, ulardan qonuniy foydalanish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Qonunda shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashning qonuniyligi, ma’lumotlarning aniqligi, maxfiyligi va himoyalanganligi asosiy prinsiplar sifatida belgilangan.
🤝Fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Bizni kuzatishda davom eting!