Uchturgon qishlog‘idagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari davom etmoqda.
✅Mazkur hududda olib borilayotgan ishlarning borishi, xususan, ichki yo‘llarni shag‘allashtirish holati Xalq deputatlari tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, tuman Kengashi deputati V. Hasanov tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
✅O‘rganish davomida yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari, ularning amaldagi holati hamda aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.
✅ Aholining kundalik hayotida muhim ahamiyat kasb etadigan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish va mavjud muammolarni amaliy hal etish masalalari deputatlik nazoratida.
📌 Aholi uchun qulay sharoit yaratish — e’tibor va mas’uliyat talab etadigan muhim vazifadir.