INFRATUZILMA VA IJTIMOIY BARQARORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
🚨 Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🚨 Yig‘ilishda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Y.Jo‘rayevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 yanvardagi «Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-17-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman hokimligi huzurida tashkil etilgan «Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi» mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
🚨 Muhokama davomida jamg‘arma mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish, aholi uchun muhim bo‘lgan infratuzilma va ijtimoiy masalalarni hal etishga yo‘naltirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
🚨 Yakunda masala yuzasidan tegishli takliflar ko‘rib chiqilib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha choralar belgilab olindi.