35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT UCH AVLOD VAKILLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
янв.21
#162_qonun
янв.21
#DOIMIY_KOMISSIYA_FAOLIYATI #EKSPERT_GURUHI_FAOLIYATI
янв.21
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Savolnoma_asosida #Deputat_nazorati #Qonunlar_ijrosi #Nazorat_tahlil #Oltinsoy
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #MurjaatlarDaftari
янв.21
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyatidan
янв.21
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyatidan
янв.21
🔹 SEMINAR OLDIDAN — MAHALLADAGI AMALIY ISHLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
🔹 MAHALLA YETTILIGI — SAMARALI TIZIM, ANIQ NATIJA!
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI HAFTALIK ISH REJASI
#deputatlik_nazorati #ijtimoiy_ko'mak #bandlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilangan ustuvor vazifalar va berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda amaliy ishlar jadal olib borilmoqda.

Xususan, ushbu topshiriqlar ijrosi yuzasidan Olmaliq shahridagi "Cho'lpon" mahallasida navbatdagi xonadonbay o'rganish ishlari tashkil etildi. O'rganishda Kotibiyat mudiri Sevara Qodirova hamda "mahalla yettiligi" a'zolari birgalikda ishtirok etishdi.
Tashrif davomida, asosan "Kambag'allik reyestri"ga kiritilgan fuqarolarning yashash sharoitlari, oilaviy ahvoli va ehtiyojlari yaqindan o'rganildi. Har bir fuqaro bilan samimiy muloqot o'tkazilib, ularni qiynayotgan muammo va masalalar joyida eshitildi.

Asosiy e'tibor — aholi bandligini ta'minlash va daromadini oshirishga!
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan kambag'allikdan chiqarishning eng samarali omili — bu fuqarolarni ish bilan ta'minlash va barqaror daromad manbaiga ega qilish tamoyilidan kelib chiqqan holda, Kotibiyat mudiri hamda "mahalla yettiligi" tomonidan xonadon egalarining bandligini ta'minlash choralariga alohida e'tibor qaratildi.
Muloqotlar davomida mehnatga layoqatli, ish so'rab murojaat qilgan fuqarolarga shahardagi mavjud bo'sh ish o'rinlari ro'yxati va takliflari batafsil taqdim etildi. Ularning qiziqishlari, mutaxassisligi va ko'nikmalaridan kelib chiqqan holda mos keladigan ish o'rinlari tavsiya etilib, bandligini ta'minlash bo'yicha manzilli choralar belgilab olindi.

O'rganish natijalari bo'yicha ma'lumotlar shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyasiga muhokama uchun taqdim etildi.

Slide 1 of 4