📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashiga 8-Shovot saylov okrugidan saylangan deputat, “Adolat” SDP a’zosi Yusupova Feruza Shuxratovna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov tomonidan Zamondosh mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida hokim yordamchisi I. Qurbonov tomonidan ijtimoiy reyestrdagi fuqarolarning daromadini oshirishga qaratilgan amaliy yordamlar o‘rganildi.
🐑 Davlat ta’minotidagi oilaga 30 million 900 ming so‘m mablag‘ hisobidan qo‘ychilik yo‘nalishida faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun ko‘mak ko‘rsatilgani aniqlandi.
📈 Mazkur amaliy yordam oilaning daromadini oshirish va barqaror daromad manbasini yaratishga xizmat qilmoqda.