📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashiga 8-Shovot saylov okrugidan saylangan deputat, “Adolat” SDP a’zosi Yusupova Feruza Shuxratovna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov tomonidan Zamondosh mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
👤 O‘rganish davomida ijtimoiy reyestrga kiritilgan, migratsiyadan qaytgan fuqaro **B.G.**ning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlari o‘rganildi.
🧵 Fuqaro tikuvchilik yo‘nalishida 25 million so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit evaziga o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan hamda 4 nafar shogirdni ish bilan ta’minlagan.
💪 Mazkur tashabbus fuqarolarning bandligini ta’minlash va daromad manbaini yaratishda amaliy ko‘makning samarali namunasi bo‘lmoqda.