AHOLI MANFAATLARI NAZORATDA: SUYULTIRILGAN GAZ TA’MINOTI OʻRGANILMOQDA
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan muhim masalalardan biri — tuman aholisiga suyultirilgan gaz ballonlarini oʻz vaqtida va belgilangan me’yorlar asosida yetkazib berilishi holatidir.
Ushbu masala yuzasidan deputatlar hamda mas’ul komissiya a’zolari tomonidan hududlarda nazorat-tahlil tadbirlari oʻtkazildi. Oʻrganishlar davomida:
🔹 Aholiga suyultirilgan gaz tarqatish jadvallariga rioya etilishi;
🔹 Gaz ballonlarining xavfsizligi va belgilangan narxlarda yetkazilishi;
🔹 Muammoli hududlar va kelib tushayotgan murojaatlar atroflicha tahlil qilindi.
Nazorat-tahlil tadbirlari natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda sohaga mas’ul mutasaddilarning axborot va hisobotlarini tinglash Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida atroflicha muhokama qilinadi.