Kambag‘allikni qisqartirish — manzilli yondashuv asosida
⏺Davlat rahbarining 3-sentabrdagi yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Uzun tumanida aholi bandligi va daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha manzilli ishlar davom ettirilmoqda.
🫥Xususan, tuman hokimi tuman Kengashi deputati Xabibulla Bozorov hamda AT “Aloqabank” Boshqaruvi vakillari ishtirokida Navroz mahallasida tadbirkorlar va aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
⏺Muloqot davomida fuqarolarning muammo va takliflari tinglanib, ularni hal etish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha amaliy yechimlar belgilab olindi.