Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati A.Andayev tomonidan Paxtakor mahallasida ijtimoiy himoya reyestrida turuvchi oilalar holidan xabar olindi.
Uchrashuv davomida oilalarning ijtimoiy va maishiy sharoitlari, mavjud muammolari hamda ehtiyojlari o‘rganildi. Fuqarolar bilan samimiy muloqot qilinib, ularni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan fikr va takliflari tinglandi.
Shuningdek, oilalarning bandligini ta’minlash, daromad manbalarini yaxshilash, zarur ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish hamda mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, ehtiyojmand oilalarga amaliy yordam ko‘rsatish va ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.