Deputat va kotibiyat xodimlari tomonidan "Obod yurt" mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
📈Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 16-"Obod yurt" saylov okurugidan saylangan deputat X.Yo'ldoshev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva tomonidan tasdiqlangan haftalik ish rejaga muvofiq navbatdagi o‘rganish tadbirini o‘tkazdilar.
🔹 Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan 24ta eng muhim yo'nalish asosida
"Obod yurt" mahallasida tashkil etildi.
🔹Deputat tomonidan hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat va aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan deputatlik qabuli tashkil etildi.
🔹 O‘rganishning davomida Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi O‘RQ-445-sonli Qonuni ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Xususan, mahallada mahalla raisi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish hamda ularni ko‘rib chiqish holati tahlil qilindi.
🔹Deputat va kotibiyat xodimlari qonun talablarining joylardagi amaliy ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdilar.
🔹Bu kabi o‘rganishlar deputatlik nazoratini kuchaytirish va aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.