Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati deputati, O‘zbekiston XDP a’zosi Muzaffar Mamayusupov “Bog‘imaydon” mahallasi fuqarolari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda deputat mahalla faollari, uy boshlari bilan suhbatlashdi va 2-chorakda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.
Deputat 24 ta savolnoma asosida olib borilayotgan ishlarga e’tibor qaratdi hamda fuqarolar murojaatlarini ko‘chama-ko‘cha yurish daftariga qayd etib yechimi yuzasidan rejalar ishlab chiqildi.
Shuningdek, deputat o‘ziga biriktirilgan qonunlar mazmun-mohiyati va ularning ahamiyati to‘g‘risida tushuntirish berdi.