🔸Jizzax viloyati delegatsiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga amalga oshirayotgan xizmat safari doirasida navbatdagi amaliy uchrashuvlar Nukus shahrida qizg‘in ruhda davom etmoqda.
🔸Uchrashuv davomida ikki hudud vakillari mahalliy boshqaruv organlari faoliyatini raqamlashtirish, aholi murojaatlari bilan ishlash sifatini yaxshilash va deputatlik nazoratini yanada mustahkamlash bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.
🔸Ikki tomonlama muloqotlar yakunida bildirilgan taklif va tavsiyalar kelgusida mahalliy Kengashlar ishini yanada takomillashtirishga hamda hududlararo aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Delegatsiyaning Qoraqalpog‘iston bo‘ylab tashrifi davom etmoqda.