35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN DOIRASIDA AMALIY ISHLAR OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputati M. To‘ychiev tomonidan o‘ziga biriktirilgan qonun ijrosini o‘rganish hamda aholi o‘rtasida targ‘ib qilish maqsadida fuqarolar bilan amaliy ishlar olib borildi.

O‘rganishlar davomida deputatga biriktirilgan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-33-son, 2006 yil 6 may talablari o‘rganildi.

Jarayonda fuqarolarga mazkur qonunning mazmun-mohiyati, iste’mol krediti olishda fuqarolarning huquq va majburiyatlari, kredit shartnomasida belgilangan shartlarga rioya qilish hamda o‘z huquqlarini bilish muhimligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, fuqarolarga iste’mol krediti olishdan oldin shartnoma shartlarini diqqat bilan o‘rganish, kredit majburiyatlari va to‘lov tartibiga e’tibor qaratish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Deputat tomonidan aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonun talablarini fuqarolarga yetkazish va ularning qonuniy huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1