NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILADIGAN MASALA O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi Kotibiyat mudiri M. Tangriberganov Baxoriston mahallasida bo‘lib, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalani atroflicha o‘rgandi.
O‘rganish davomida tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 2026-yilning o‘tgan yarim yilligi davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini bartaraf etish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirgan ishlari tahlil qilindi.
Mazkur masala doirasida amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlarning ijrosi yuzasidan mas’ul tashkilotlarning faoliyati o‘rganildi.