35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

BUDJET MABLAG‘LARIDAN SAMARALI FOYDALANISH O‘RGANILDI

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi M. Quryozov hamda deputatlar I. Yusupov va Sh. Matchanovlar tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi mutaxassislari bilan birgalikda yangi asfalt qilingan yo‘llarning sifati va bajarilgan ishlarning holatini ko‘zdan kechirdilar.
O‘rganish davomida yo‘l qoplamalarining sifati, bajarilgan ishlarning belgilangan talablarga muvofiqligi hamda budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishiga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ishlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1