35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Rabotibika qishlog‘ida ichki yo‘l obodonlashtirilmoqda

Rabotibika qishlog‘ida ichki yo‘l obodonlashtirilmoqda

🔹Aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash borasida Jondor tumanida amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
🔹Shu maqsadda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda Romish mahallasi “mahalla yettiligi” tashabbuskorligi bilan Rabotiqara qishlog‘idagi ichki yo‘llarni obodonlashtirish ishlari boshlandi.
🔹Jumladan, qishloqdagi 270 metr ichki yo‘lni asfaltlashtirish ishlariga kirishildi. Mazkur tashabbus, avvalo, aholining kundalik harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratish, transport qatnovini yaxshilash va hudud obodligini ta’minlashga xizmat qiladi.
🔹Yo‘llarni ta’mirlash va obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalar aholi murojaatlarida ham ko‘p uchraydi. Ularni joyida o‘rganib, amaliy yechimga yo‘naltirish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
🔹Bunday tashabbuslarning amalga oshirilishi mahalladagi infratuzilmani yaxshilash bilan birga, aholining ertangi kunga bo‘lgan ishonchini ham mustahkamlaydi.

Slide 1 of 4