35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Yan Sonders bilan uchrashuvida bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish, bojxona organlari salohiyatini oshirish, raqamlashtirish hamda huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgani muhim ahamiyatga ega.

Ayniqsa, tadbirkorlar uchun ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish, tashqi savdo jarayonlarini soddalashtirish va zamonaviy bojxona nazorati mexanizmlarini joriy etish mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti uchun katta imkoniyatlar yaratadi.

Deputat sifatida mazkur hamkorlikni O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonidagi muhim qadam, deb baholayman. Bojxona tizimining ochiqligi, tezkorligi va shaffofligi oshishi tadbirkorlik rivoji, investitsiyaviy muhitning yaxshilanishi hamda xalqaro savdo aloqalarining kengayishiga xizmat qiladi.

Eng muhimi, belgilangan vazifalarning hududlarda ham samarali ijro etilishi, tadbirkorlar va aholiga qulaylik yaratishi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish zarur.

Munavar Hojiyeva,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,