Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining 23-Zarafshon saylov okrugi deputati Farhod Suyarov tomonidan “Tepaqishloq” mahallasida fuqarolarning dehqon xo‘jaligi uchun yer olish masalasidagi murojaati o‘rganildi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-680-son, 2021-yil 1-aprel talablari asosida fuqarolarga tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.
Jumladan, dehqonchilik faoliyati uchun yer maydonlari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali auksionga chiqarilishi va belgilangan tartibda onlayn ishtirok etish orqali xarid qilinishi tushuntirildi.
Mazkur masala yuzasidan yuqori turuvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va amaliy choralarni ko‘rish ishlari olib borilmoqda.