35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Kaxxarova tomonidan fuqarolar murojaati asosida yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar hokimligi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Deputatlik so‘rovida Qo‘qon shahar Turkiston ko‘chasidagi 140-sonli ko‘p qavatli uy hududidan 156-sonli ko‘p qavatli uy oldigacha bo‘lgan yo‘l bo‘yidagi daraxtlarni sanitariya jihatdan tartibga keltirish masalasi ko‘tarilgan edi.

Murojaat yuzasidan tegishli mutaxassislar tomonidan hudud joyiga chiqqan holda o‘rganilib, daraxtlarning holati ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida aholi va transport harakatiga, shuningdek elektr tarmoqlariga xalaqit berayotgan qurigan hamda ortiqcha shoxlar mavjudligi aniqlangan.

Mazkur holatni bartaraf etish maqsadida Qo‘qon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan daraxtlarning qurigan va xavf tug‘diruvchi shoxlarini kesish, daraxtlarga shakl berish hamda hududni sanitariya jihatidan tartibga keltirish ishlari amalga oshirilgani ma’lum qilindi.

️Amalga oshirilgan ishlar natijasida hududning sanitariya holati yaxshilanib, piyodalar va transport vositalarining harakatlanishi uchun qulaylik yaratilgani, shuningdek daraxtlardan foydalanish xavfsizligi ta’minlangani qayd etildi.

Mazkur masala bo‘yicha deputatlik so‘rovi ijobiy ko‘rib chiqilib, fuqarolar murojaatida ko‘tarilgan masalani hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi