✅Oqoltin tumani hokimi - Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati X.Suvonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-49-son qarori ijrosi doirasida A.Navoiy mahallasidagi 19 ta ko‘chada qariyb 7 kilometr uzunlikda asfalt yotqizish ishlari sifatini o‘rgandi.
📍 O‘rganish davomida tegishli mas’ullarga avvalo, xalq roziligi. Barcha ishlar aholining munosib yashashi va qulay sharoitlarga ega bo‘lishiga xizmat qilishi kerakligini ta’kidladi.
🔎 Shuningdek, ish jarayonlarini ko‘zdan kechirib, loyihalarni qayta ko‘rib chiqish, birorta ham ko‘cha e’tibordan chetda qolmasligini ta’kidladi.