Uchrashuvda Kengash faoliyati, hududda amalga oshirilayotgan islohotlar, deputatlik faoliyati doirasidagi ishlar hamda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va hal etish borasidagi chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.
👉Shuningdek, avvalgi davrda hududda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan saylovchilarga axborot berildi. ❗️ Jumladan, 👉800 m² ichki yo‘l asfaltlandi, 👉140 m² piyodalar yo‘lagi barpo etildi, bolalar maydonchasi va futbol maydoni tashkil qilindi, 👉51 ta xonadon fasadi ta’mirlandi, 👉180 metr irrigatsiya tarmog‘i yangilandi hamda 2100 tup qo‘shimcha daraxt ekildi.
✅Uchrashuv yakunida saylovchilar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarni tegishli tartibda ko‘rib chiqish va ijobiy hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.