35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

📈 DEPUTATLIK FAOLIYATINING 8 OYLIK YAKUNLARI
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati Qorayeva Gulnora Abdullayevnaning 2026-yilning 8 oyi davomida deputatlik faoliyati yakunlari sarhisob qilindi.

➡️ Hisobot davrida saylovchilar murojaatlari hamda hududda aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilot va idoralarga 7 ta deputat so‘rovi yuborildi.  Shuningdek, Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining 8 ta sessiyasida faol ishtirok etilib, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid muhim masalalar muhokamasi va qarorlar qabul qilinishida bevosita qatnashildi.

➡️ Deputatlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar muntazam ravishda jamoatchilikka yetkazilib borildi. Hisobot davrida 64 ta axborot materiali ijtimoiy tarmoqlar orqali e'lon qilinib, deputatlik faoliyati keng yoritildi.

Slide 1 of 1