35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Qoragʻul MFYda oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amaliy choralar

       Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Jalaquduq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati H. Latipov Qoragʻul mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan hamda kambag‘allikdan chiqarish ro‘yxatidagi oilalar bilan muloqot o‘tkazmoqda. Uchrashuv davomida har bir oilaning muammolari va ehtiyojlari o‘rganilib, ularni bandlikka yo‘naltirish, munosib ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilinmoqda. Asosiy e’tibor — oilalar daromadini oshirish, barqaror daromad manbalarini yaratish va ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha aniq amaliy choralarni belgilashga qaratilmoqda. 

   

Slide 1 of 6