35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026-yil 14-maydagi DXQ-03-01-/44-26-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-763-sonli Qonuni ijrosidan o‘rganish davom etmoqda.

⭕️Bugun ishchi guruh Asakabank filialida bo‘lib, mazkur qonun ijrosi, muammoli kreditlar bilan ishlash, qarzdorliklarni undirish hamda to‘lovga qobiliyatsizlik holatlarining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

⭕️Shuningdek, mas’ullar bilan sohaga oid mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.

⭕️O‘rganish ishlari davom etmoqda.

Slide 1 of 1