Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati S. Allayorov tumandagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
Tadbirda maktab jamoasi, o‘quvchilar, ota-onalar hamda 1-sinfga qadam qo‘ygan jajji o‘quvchilar ishtirok etdi. Tadbir davomida ilk bor maktab ostonasidan hatlab o‘tayotgan o‘quvchilarga ezgu tilaklar bildirilib, ularga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilandi.
Deputat S. Allayorov o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabriklab, yosh avlodning puxta bilim olishi, Vatanga munosib farzand bo‘lib voyaga yetishi yo‘lida ustozlarning mehnati alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
📚 Yangi o‘quv yili barchaga omad, bilim va yuksak natijalar olib kelsin!