35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#24_TA_MASALA #DEPUTAT_DAFTARI #OKRUGDA_O‘RGANISH

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida aholi murojaatlari va ularni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish maqsadida uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abdulhakim Eshboyev, Oltinsoy tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Otabek Mavlyanov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi A.Turdiev, Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirok etdilar.

O‘rganish jarayonida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, aniqlangan muammolar tegishli mutasaddilar bilan birgalikda ko‘rib chiqildi.

Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar amaliy choralar ko‘rilishi natijasida ijobiy hal etildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram

Slide 1 of 5