35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Ijtimoiy e’tibor — xonadonlardan boshlanadi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Aralbaeva Inkar Karlibayevna tomonidan “Jayxun” MFY 15-Keramzit saylov okrugida aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni o‘rganish ishlari davom ettirildi.

↗️ Navbatdagi manzil fuqaro **B.J.**ning xonadoni bo‘ldi. Tashrif davomida oilaning ijtimoiy holati bilan yaqindan tanishilib, mavjud ehtiyojlari yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

👥Suhbat davomida fuqaroga bolalar nafaqasi tayinlangani hamda nafaqa mablag‘larini o‘z vaqtida olayotgani ma’lum bo‘ldi.

🤝 Xonadonlarga tashriflar davomida aholining ijtimoiy ehtiyojlarini joyida o‘rganish, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini baholash va mavjud masalalarga amaliy yechim topishga alohida e’tibor qaratildi.