#Kengash_raisi_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tuman Adliya bo‘limiga qarashli Davlat xizmatlari markazida bo‘lib, markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari, fuqarolar bilan ishlash jarayoni hamda xizmat ko‘rsatishda yuzaga kelayotgan masalalar haqida fikr almashildi.
Shuningdek, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, ularning vaqtini tejash va murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish bo‘yicha zarur tavsiyalar bildirildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|