#okrugda_organish
Xalq deputatlari tuman Kengashining 10-Darvishiq saylov okrugidan saylangan deputati A.Maxammatov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan Javshar ota mahallasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan qishloq xo‘jaligida sug‘oriladigan maydonlardan yanada samarali foydalanish, foydalanishdan chiqqan yerlarni qayta foydalanishga kiritish hamda mavjud yer resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yer maydonlaridan unumli foydalanish, ularning qishloq xo‘jaligi muomalasiga qaytarilishini ta’minlash hamda hosildorlikni oshirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|