35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

6-Ravonlik saylov okrugida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Shakarboyev hamda tuman Kengashi deputati Y.Berdiyarovlar tomonidan Saxovat mahallasida joylashgan dorixonalarda dori vositalarining narx-navosi va saqlanish holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida dori vositalarining belgilangan me’yorlar asosida saqlanayotgani, shuningdek, dorixona D-MED platformasiga ulanganligi aniqlandi. Dori vositalariga retseptlar elektron shaklda rasmiylashtirilayotgani ham ma’lum bo‘ldi.

Mas’ullar tomonidan dori vositalarining sifati, saqlanish sharoiti hamda aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonlari doimiy nazoratda bo‘lishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4