Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati U. Normatov tomonidan Nurobod mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi.
Murojaatlar davomida H. Xayrullayev tomonidan mahalla hududida maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmayotganligi yuzasidan murojaat bildirildi.
Mazkur murojaat yuzasidan “Toza hudud” DUK mas’ullariga chiqindilarni belgilangan jadval asosida o‘z vaqtida olib chiqib ketish, chiqindi to‘planadigan hududlarning sanitariya holatini yaxshilash hamda aholining asosli e’tirozlariga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, mas’ul tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning ijrosi o‘rganib borilishi belgilandi.