35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi obyekt o‘rganildi

Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi obyekt o‘rganildi

👥 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi bosh mutaxassisi Noila Samandarova hamda tegishli tashkilot vakillari ishtirokida "Tashabbusli byudjet" loyihasi doirasida g‘olib deb topilgan 55-son umumta’lim maktabida yengil konstruksiyali sport zalini qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

🏗 O‘rganish davomida qurilish uchun ajratilgan yer maydoni, loyiha-smeta hujjatlarining tayyorlik holati, pudratchi tashkilot tomonidan olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari hamda qurilish-montaj ishlarini qisqa muddatlarda boshlash masalalari ko‘zdan kechirildi.

🤝 Shuningdek, mas’ul tashkilot vakillari bilan sport zali qurilishini kechiktirmasdan boshlash, ishlarni tasdiqlangan grafik asosida olib borish va obyektni 2026–2027-o‘quv yili boshlanguniga qadar foydalanishga topshirish yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.

Slide 1 of 3