📌 Hamkorlik va dolzarb masalalar yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
👥 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi binosida Kengash kotibiyati mudiri Dildora Adilova hamda Samarqand viloyati 10-Loyish saylov okrugi deputati Ilxom Botirov ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
🤝 Tadbirda Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi J.Sadullayev, 10-Yangiqishloq saylov okrugi deputati X.Abdullayeva, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi F.Malikova, hamda tegishli tashkilotlar mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
📋 Davra suhbati davomida korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda bu boradagi qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.