35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
12 avgust — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati xodimlari kuni
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #ko‘cha_boshlari_hamkorlikda
янв.21
#24_ta_masala #Kengash_raisilari_faoliyati #Deputatlik_nazorati
янв.21
#24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish #DEPUTATLIK_NAZORATI
янв.21
#24_ta_masala #okrugda_organish #Deputat_tashabbusi_bilan_hashar_tashkil_etildi
янв.21
#biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala #MUROJAAT_VA_IJRO
янв.21
#kotibiyat_mudiri_va_tuman_hokimining_o‘rinbosari 19¹-modda #24_ta_masala
янв.21
#24_ta_masala #Deputat_daftari
янв.21
#biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish
янв.21
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Okrugda_o‘rganish
YANGIYERDA YANGI MA’RIFAT MASKANI BARPO ETILMOQDA

Mazkur tashabbus doirasida kutubxona uchun ajratilgan binoda zarur sharoitlar yaratilmoqda. Bu yerda aholining turli yosh toifalari uchun badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy va bolalar adabiyotlaridan iborat kitob fondini shakllantirish ko‘zda tutilgan.
Tashkil etilayotgan kutubxona mahalla aholisi uchun nafaqat kitob mutolaa qiladigan, balki turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kitobxonlik kechalari va yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladigan maskanga aylanishi kutilmoqda.
Mazkur jarayon bilan tuman Kengashi deputatlari Q. Chorshanbiyev, R. Mengziyayeva va D. Shoimqulovalar ham yaqindan tanishib, mahalla aholisi uchun yaratilayotgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar. Deputatlar kutubxonani zarur adabiyotlar bilan boyitish, aholining, xususan, yoshlarning undan samarali foydalanishini ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalarini bildirdilar.
Bugun kitobxonlikni rivojlantirish — yosh avlodning bilimli, dunyoqarashi keng va ma’naviy yetuk bo‘lib voyaga yetishida muhim omillardan biridir. Yangiyer mahallasida tashkil etilayotgan yangi kutubxona ham ana shu ezgu maqsadga xizmat qiladigan muhim ma’rifat maskaniga aylanadi.
Kitob — tafakkur manbai, kutubxona esa ma’rifat maskanidir.

Slide 1 of 3