❗️Fuqarolarning murojaati asosida Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Dilbog‘ mahallasida joylashgan bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
📌O‘rganish davomida bolalar o‘yin jihozlarining texnik holati, xavfsizligi, obodonlashtirish ishlari hamda hududning sanitariya holati baholandi. Shuningdek, mahalla faollari va aholi bilan muloqot qilinib, qo‘shimcha taklif va murojaatlar tinglandi.
✅Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va bolalar uchun xavfsiz hamda zamonaviy dam olish muhitini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli vazifalar yuklatildi.