Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L.Behbudova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov hamkorligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.09.2024 yildagi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-330-qarori ijrosini tumanda ta’minlash maqsadida «Darveshi» mahallasida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
✔️O‘rganish davomida, avvalo, mahallada aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularning daromad manbalarini ko‘paytirish va bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
✔️Hokim yordamchisining faoliyatida mahalladagi ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, kasb-hunarga o‘qitish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga ko‘maklashish masalalari tahlil qilindi.
✔️Shuningdek, kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi, har bir oila bilan individual ishlash, fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash va berilgan imkoniyatlarning natijadorligiga e’tibor qaratildi.
✔️O‘rganish jarayonida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholi murojaatlariga amaliy yechim topish hamda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
✔️Ta’kidlanganidek, kambag‘allikni qisqartirish faqat moddiy yordam ko‘rsatish bilan cheklanib qolmasdan, har bir oilani doimiy daromad manbaiga ega qilish, mehnat va tadbirkorlik orqali o‘zini o‘zi ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilmog‘i lozim.
✔️Bunday o‘rganishlar deputatlik nazoratini kuchaytirish, mahallalarda aholi farovonligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarning manzilli hamda natijador amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qiladi.